"Arsenal" Rafinyaning transferi uchun katta mablag' ajratishga tayyor

Sherzod Nurmatov
18 noya 2024, 13:23
"Barselona" vingeri Rafinya Dias faoliyatini Londonning "Arsenal" jamoasida davom ettirishi mumkin.

Oldinroq London klubi kataloniyaliklar bilan bog'langani, ammo hozircha rasmiy taklif jo'natilmagani aniq bo'lgandi.

"El Nacional"ning xabar berishicha, "Arsenal" 27 yoshli braziliyalik futbolchining transferi uchun 90 mln evro to'lashga shay.

Rafinya joriy mavsum barcha turnirlarni hisobga olgan holda 17 uchrashuvda qatnashib, 12 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Rafinyaning "Barselona" bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional