"Arsenal" O'zilni Qatarga qo'yib yubormadi

3 fev 2020, 01:15
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zil transfer oynasining so'nggi kunida Angliyani tark etishi mumkin edi.

Ammo londonliklar 31 yoshli futbolchini jamoada olib qolishni afzal bildi. "Mirror" xabariga ko'ra, yarim himoyachi Qatar klubidan taklif olgan va uni ko'rib chiqishga tayyor edi. "Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta ham mazkur transferga qarshilik qilmagan. Ammo "Arsenal" rahbariyati germaniyalik futbolchining o'rniga munosib nomzod topishga vaqt qolmagani bois osiyoliklar taklifini rad qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mirror