

Londonliklar yana e'tiborini "Real Sosedad" vakili Aleksandr Isakga qaratdi.

Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi kelishuvni yakunlash arafasida turibdi. Transfer narxi 40 million evrodan oshishi mumkin.
E'tiborlisi, avvalroq "Real Sosedad" Isakga qiziqayotgan "Barselona" bilan muzokaraga kirishishdan bosh tortgandi. "Ko'k-anorranglilar" ushbu mablag'ni bo'lib-bo'lib to'lashni taklif qilishgandi.



