"Arsenal" muxlislari ketayotgan poezd mollar podasi bilan to'qnashib ketdi

Aslanov Jasurbek
3 okt 2016, 10:45
"Arsenal" muxlislari "Byornli"ga qarshi APLning 7-tur uchrashuviga ketayotgan paytda noxush voqea yuz berdi.

London klubi ishqibozlari ketayotgan yo'lovchi poezdi Piterboro yaqinida mollar to'dasini urib ketdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, poezddagi yo'lovchilarning hech qaysisi shikastlanmagan, ammo sigir va buqalar egalari 15 ta jonivorni topa olishmayapti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror