"Arsenal" Mertezaker bilan yangi shartnoma borasida muzokara boshladi

9 okt 2013, 19:00
"Arsenal" himoyachisi Per Mertezaker klub bilan uch yilga mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekishga yaqin.
Germaniya terma jamoasi himoyachisining amaldagi shartnomasi kelasi mavsum so'nggida nihoyasiga etadi. "Arsenal" rahbariyati va murabbiylar shtabi uning o'yinlaridan qoniqyapti va hamkorlikni 2017 yilgacha davom ettirishmoqchi.

Eslatib o'tish lozim, Mertezaker 2011 yilda "Verder"dan 8 million funt evaziga London klubi safiga kelib qo'shilgan edi.


Manba: fapl.ru