"Arsenal" "Lester" xavbeki bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022, 00:54
"Arsenal" "Lester" futbolchisi Yuri Tilemansni tarkibiga qo'shib olmoqchi.

"Goal" xabariga ko'ra, "kanonirlar" vakillari futbolchi bilan og'zaki kelishuvga erishib bo'lgan. Endi "Lester"ning roziligi olinsa bo'lgani.

25 yoshli futbolchining "Lester" bilan shartnomasi yana bir mavsum amal qiladi. "Tulkilar" uni 30 million funtga baholagan.

O'tgan mavsumda Tilemans APLning 32 o'yinida qatnashib, 6 gol va 4 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal