"Arsenal" Kvaratsxeliyani xarid qilishi mumkin

Alisher
1 apr 2022, 15:54
"Dinamo Batumi" yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli gruziyalik futbolchi uchun "Arsenal" da'vogarlik qilmoqda.

Shu bilan birga, London klubi xavbek bilan martda shartnoma imzolashga tayyor edi, ammo APL RPLdan o'tishlarni taqiqlab qo'ydi.

Kvaratsxeliya 2021/22 yilgi mavsum "Rubin" tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Area Napoli