"Arsenal" "Inter" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
28 may 2022, 14:27
"Inter" himoyachisi Federiko Dimarko faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

24 yoshli italiyalik futbolchi uchun "Arsenal" da'vogarlik qilmoqda.

Londonliklar Kiran Tirni jarohat olganidan so'ng mudofaaning qanot chizig'ini kuchaytirishmoqchi. Milan klubi o'z tarbiyalanuvchisini 20 mln evroga sotishga tayyor.

Dimarko o'tgan mavsum 42ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi. Transfermarkt o'yinchini 16 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun