"Arsenal" Iguain uchun 26 million evrodan ortiq bermoqchi emas

Tolibjon Qosimov
19 iyul 2013, 18:58
"Madridning "Real" klubi Iguvn uchun aniq narx belgilagan. Uni o'z tarkibida ko'rishni istaganlar 40 million evrldan kam bo'lmagan pulni to'lab qo'yishlariga to'g'ri keladi.
Londonning "Arsenal"i esa Argentina terma jamoasi hujumchisi uchun nari borsa 26 million bermoqchi holos. Undan ortig'i so'raladigan bo'lsa, ushbu transfyerdan kechib yuborishga tayyor.

Avvalroq londonliklar hujumchi uchun 21 million evro taklif etshgandi. "Real" bunga ko'nmagach, taklifni yanada yaxshilab 26 million berishga tayyorligini bildirdi. Biroq madridliklar futbolchidan kamida 40 million ishlab olmoqchi ekanini yashirmayapti.

Ayni vaqtda "Arsenal" hujumchi izlamoqda. Agar "Real" bilan Iguain bo'yicha kelishuvga erisha olmasa Arsen Venger boshqa variantlarni ko'rib chiqadi. Eng asosiy variantlardan biri esa Luis Suaresdir.

"Suares" uchun "Arsenal" 40 million taklif etgan va rad javobini olgan. "Kononir"lar o'z safida ko'rmoqchi bo'lgan boshqa bir hujumchi esa "MYU" futbolchisi Ueyn Runi hisoblanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com