"Arsenal" hamda MYU o'rtasidagi APLning 36-tur uchrashuvini Marriner boshqaradi

Aslanov Jasurbek
2 may 2017, 17:12
"Arsenal" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi Angliya Premer-ligasining 36-tur uchrashuvini boshqaradigan hakamlar brigadasi nomi ma'lum bo'ldi.

Uchrashuv boshlangani haqidagi xushtakni Andre Marriner chaladi.

46 yoshli hakamga qanotlarda Skott Ledjer va Saymon Bek yordam beradi.

Andre Marriner joriy mavsum APLning 25 ta uchrashuvida 93 ta sariq va bitta qizil kartochka ko'rsatgan.

"Arsenal" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi 7 may kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com