"Arsenal" Genduzini Koutinoga almashmoqchi

Mirjalol Normatov
19 iyul 2020, 13:43
"Arsenal" "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning xizmatlariga extiyoj sezmoqda.

Londonliklar uni Matteo Genduzi bilan almashishga tayyorlar. Angliya klubi transferlarga katta summa sarflay olmasligi sababli Genduzidan voz kechishmoqchi.

Biroq Genduziga "Real" tomonidan ham qiziqishlar bo'lmoqda.

Matteo 2018 yili "Arsenal"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 34 o'yinda 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express