"Arsenal" e'tiborini David Rayyaga qaratdi

Omonjon To`xtamirzayev
31 iyul 2023
"Brentford" klubining ispaniyalik darvozaboni David Rayya yozda klubini alishtirishi mumkin.

27 yoshli posbon xizmatlariga "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.

Ingliz klubi posboni uchun 40 mln funt so'ramoqda, biroq bu narx muzokaralarni qiyinlashtirmoqda.

Rayya Ispaniya termasi posboni hisoblanadi. U milliy jamoa safida 2 o'yinda maydonga tushgan. 

Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsumda "Brentford" tarkibida 39 o'yinda qatnashib, 47 gol o'tkazib yubordi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal