Arsenal Chempionlar ligasi rekordini o'rnatdi

Khoja
5 mar 2025, 08:58
Tunda Arsenal mehmonda PSVni 7:1 hisobida mag'lub etdi.

Manbaga ko'ra, Arsenal UEFA Chempionlar ligasi tarixida pley-off o'yinida mehmonda ettita gol urgan birinchi jamoa bo'ldi.

Qayd etish kerakki, ushbu uchrashuvda Mikel Arteta shogirdlari maydonga nominal hujumchisiz tushishdi. Kanonirlarning hujum uchligidan 17 yoshli vinger Itan Nvaneri, belgiyalik ko'p qirrali Leandro Trossard va ispaniyalik yarim himoyachi Mikel Merino joy olgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Opta Sport