"Arsenal" Chalxanogluni ijaraga olmoqchi

13 yanv 2020, 01:18
Turkiyalik futbolchi faoliyatini Londonda davom ettirishi mumkin.

"Milan" yarim himoyachisi Xakan Chalxanoglu "Arsenal" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Corriere dello Sport" nashri xabariga ko'ra, "to'pchilar" 25 yoshli turkiyalik futbolchini mavsum oxiriga qadar ijaraga olishni rejalashtirishyapti. Yarim himoyachining o'zi ham jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.

Avvalroq Chalxanoglu faoliyatini "Roma"da davom ettirishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport