

Oldinroq "Real"ning bosh murabbiyi Zinedin Zidan APL jamoasi bilan jiddiy ravishda ish olib borayotgani borasida gapirgandi. Biroq u bu klub nomini ma'lum qilmagandi. Ushbu xabarni Enco Zidan ham tasdiqlagandi.
Joze Mourinyoning MYUdagi holati yomonlashib ketgan. Jamoa APLning so'nggi uch turida g'alaba qozona olmadi. Uning pragmatik dasturi ish bermayotgani bois iste'foga chiqishi mumkin. "Daily Mail" xabariga ko'ra, bu holat "Arsenal"ga qarshi o'yindan keyin bo'ladi. Jozening o'rniga Zidan MYUda ish boshlaydi.



