

Tur "Enfild"dagi markaziy uchrashuv bilan yakunlandi. Unda "Liverpul" va "Arsenal" o'zaro 2:2 hisobida durang o'ynashdi.
"Arsenal" Premer-liganing oxirgi 8 mavsumida "Liverpul"ni bor yo'g'i 2 martagina mag'lubiyatga uchratgan. Biri 2020 yilning 15 iyulida 2:1 hisobida, ikkinchisi 2022 yilning 9 oktyabrida 3:2 hisobida.
Bu orada "Liverpul" 9 g'alabani qo'lga kiritgan va 5 uchrashuvda durang qayd etilgan.
Eslatib o'tamiz, ayni paytda Arteta shogirdlari APLda 73 ochko bilan yakka peshqadamlik qilishmoqda. Ulardan bitta kam o'yin o'tkazgan "Manchester Siti" hisobida esa 67 ochko mavjud. "Liverpul" esa bor yo'g'i 44 ochko bilan 8-pog'onani band etib turibdi.




