“Arsenal” APLda ketma-ket 6 ta o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti

2 apr 2019, 07:19
“Kanonirlar” APL 32-turida “Nyukasl”ni o'z maydonida 2:0 hisobida taslim qildi.

Jamoa shu tariqa APLda ketma-ket 6 ta o'yinda mag'lub bo'lmadi. Emeri shogirdlari 5 ta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, 1 ta bahsda durang qayd etgan.

“To'pchilar” so'nggi bor APLda 3 fevral kuni “Manchester Siti”ga 1:3 hisobida yutqazgandi.

Mazkur g'alaba sabab “Arsenal” 63 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia