"Arsenal" A Seriyaning yulduzlaridan birini qo'lga kiritish bo'yicha muzokaralarni boshladi

Khoja
22 noya 2025, 11:04
Londonning "Arsenal" klubi "Yuventus" vingeri Kenan Yildizga jiddiy qiziqish bildirmoqda va uni qo'lga kiritish haqida o'ylamoqda, deya xabar bermoqda Caught Offside nashri.

20 yoshli futbolchining agenti Xorxe Mendes allaqachon Turinda ingliz klubi vakillari bilan uchrashib, tomonlar ehtimoliy transfer masalasini muhokama qilishgan. Bitim 90-100 million evro atrofida bo'lishi kutilmoqda.

Avvalroq, Yildizni “Manchester Yunayted” va “Chelsi” ham kuzatib borayotgani xabar qilingandi. Turkiyalik yarim himoyachining “Yuventus” bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Yildiz joriy mavsumda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Caught Offside