"Arsenal" 80 mln. evrolik transfer bo'yicha muzokara o'tkazmoqda

Aslanov Jasurbek
30 may 2025
"Arsenal" Benyamin Sheshko transferi ustida ishlashda davom etmoqda.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko'ra, klubning e'tibori hozirda "Leyptsig" hujumchisi transferi bilan bog'liq kelishuvga qaratilgan. Shu bilan birga, "Sporting"dan Viktor Dokeresh hali ham nomzodlar ro'yxatida yuqori o'rinda turadi.

Bir necha kun avval Londonda Marsel Shefer va Andrea Berta o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan, Sheshko bo'yicha muzokaralar davom etmoqda.

"Arsenal" 80 million evrodan ortiq tovon pulini to'liq to'lay olishi hali ham aniq emas. Hozirda to'lov uslubining ehtimoliy variantlari muhokama qilinmoqda.

2024/25 yilgi Bundesliga mavsumida Sheshko 33 o'yinda 13 gol urdi – bu klubdagi eng yuqori ko'rsatkich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal