Arsen Venger: Uelbek ajoyib tezlikka ega

Narzulla Saydullayev
2 okt 2014, 10:14
Arsenal bosh murabbiyi Arsen Venger YCHL guruh bosqichi doirasidagi Galatasaroyga qarshi o'yindan so'ng (4:1) o'z fikrlarini bildirdi.
Bugun Uelbek juda ishonchli harakat qildi va jamoa yaratgan vaziyatlarni golga aylantirdi. Denni ajoyib tezlikka ega.

Arsenalda jamoaviy tezlik ham yaxshi. Biz maydonning har bir nuqtasida tez o'ynadik.

Shchensni chetlatilganida o'yin nazoratini qo'ldan chiqargandik. Ammo umuman olganda yaxshi o'ynadik.

Aleksis ajoyib o'yin o'tkazdi, – deydi Venger.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru