Arsen Venger: “Futbolchilar asosan himoyaga e'tibor qaratishdi”

Tolibjon Qosimov
13 fev 2014, 10:47
“Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Venger APLning 26-turidan o'rin olgan “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsdan so'ng jamoasining o'yini xususida to'xtalib o'tdi (0:0).

“O'zingiz guvohi bo'lganingizdek futbolchilarimiz asosan himoyaga e'tibor qaratishdi. Birinchi navbatda gol o'tkazib yubormaslikka harakat qildik, bu esa hujumga salbiy ta’sir ko'rsatdi. Ikkala jamoa ham o'yin davomida bir nechta vaziyatlarni yuzaga keltirishdi, biroq imkoniyatlardan unumli foydalani olishmadi. Van Persi, Mata, Yanuzayga o'xshagan o'yinchilar qarshi hujum taktikasini puxta egallab olishgan va ulardan hamma narsa kutsa bo'lida”, - Vengerning so'zlarini keltiradi “kanonirlar” rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net