Argentina TJ ustozi: “Messi charchab qolmoqda, ammo …”

Eldor Akmurzayev
22 iyun 2021, 20:25
Amerika Kubogi-2021 guruh bosqich 3-turidan o'rin olgan Paragvay (1:0)ga qarshi uchrashuvdan keyin Argentina termasi ustozi Lionel Skaloni jamoa yetakchisi Leo Messi haqida gapirdi.

“Haqiqat shuki, Messi har uchrashuvda o'ynamoqda. Unga ishonmaslik juda ham qiyin. U charchab qolayotgan bo'lsa ham baribir o'yinga ta’sir o'tkazishda davom etmoqda. Paragvayga qarshi bahsda tarkibda bir qancha o'zgarishlarni amalga oshirdik va uch ochko ishlashga muvaffaq bo'ldik”, deydi Skaloni.

Avvalroq, Argentina musobaqada muddatidan oldin 1/4 finalga yo'l olgani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ua-football.com