Argentina termasining sobiq posboni odam o'ldirib qo'ydi

Mirjalol Normatov
28 fev 2021
Argentina termasining sobiq posboni Pablo Kavalero yo'l-transport hodisasiga uchradi.

46 yoshli sobiq futbolchi "Volkswagen Tiguan" mashinasini boshqarib ketayotgan vaqtida 56 yoshli Xuan Riveroni urib ketgan. U voqea joyida halok bo'lgan. Policiya bu holatga jinoiy ish ochgan va ayni damda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kavalero 1998-2002 yilgi mundiallar qatnashchisi hisoblanadi. U termasi tarkibida 26 o'yinda qatnashgan. Shuningdek, "Espanol", "Selta", "Levante" kabi jamoalar tarkibida ham o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal