Argentina termasi Amerika Kubogida qancha mablag' ishlab oldi?

Mirjalol Normatov
11 iyul 2021
Argentina termasi bugun Braziliyani mag'lub etib, Amerika Kubogini qo'lga kiritdi.

"SportingFree" xabariga ko'ra, terma ushbu turnir davomida 19,5 mln dollar yutib oldi. Amerika Kubogida mukofot pullari shunday taqsimlangan:

G'olib (Argentina) – 6,5 million dollar

Ikkinchi o'rin (Braziliya) – 3,5 million dollar

Uchinchi o'rin (Kolumbiya) – 3 million dollar

Albatta, Amerika Kubogi mukofot jamg'armasi Evronikiga qaraganda anchagina kam. Bu yerda mukofot puli uchun 371 mln evro ajratilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: SportingFree