Aren Robben: Endi bizga loy chaplashadi va bu to'g'ri

Narzulla Saydullayev
26 mar 2017, 10:42
Gollandiya terma jamoasi sardori Aren Robben JCH-2018 saralashi doirasidagi Bolgariyaga qarshi o'yindan so'ng (0:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Nima desam bo'ladi, bu daxshat. Bu erga yaxshi natija ilinjida kelgandik.

Aybdorlarni qidirish mumkin, ammo natija o'zgarmaydi, biz yutqazdi - 0:2.

Birinchi bo'limdagi o'yinimiz bilan ochko olishga haqli emasdik. Endi bizga loy chaplashadi va to'ppa-to'g'ri.

Blindning iste'fosi? Buni men aytishimni istayapsizmi? Men Bolgariyaga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng shokdaman. Ammo yangi murabbiy o'yin uslubini o'zgartiradi, buni murabbiydan so'rang.

Qolgan barcha o'yinlarda yutish orqali JCH-2018ga chiqish? Xatto Bolgariyani mag'lub eta olmaganimizdan keyin nima ham derdim, – deydi Robben.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: vi.nl