Arauxoning "Barselona" bilan yangi shartnomasida tovon puli 1 milliard evroni tashkil etadi

Alisher
14 apr 2022, 10:31
"Barselona" himoyachi Ronald Arauxo bilan shartnomani uzaytirishga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" 23 yoshli urugvaylik futbolchi bilan shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Yangi bitimda tovon puli 1 milliard evroni tashkil etadi. Futbolchi yaqin kunlarda barcha qog'ozlarga imzo chekishi kerak.

Arauxo 2021/22 yilgi mavsum "Barselona" tarkibida 36ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano