Arauxo "Barselona"dagi kelajagi haqida qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
27 sen 2025, 12:24
"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo klubda uzoq vaqt qolmoqchi.

Urugvaylik futbolchini vaqti-vaqti bilan klubdan ketish bilan bog'lashda davom etishmoqda, biroq 26 yoshli futbolchi vaziyatni o'zgartirishni rejalashtirmayapti. Arauxo faoliyatining oxirigacha "Barselona"da o'ynashni istaydi. Himoyachisining orzusi - jamoa bilan Chempionlar Ligasida sardor maqomida g'alaba qozonish.

Ronald Arauxo yanvar oyida Kataloniya grandi bilan 2031 yilgacha mo'ljallangan yangi uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Futbolchi joriy mavsumda Xans-Diter Flik jamoasining beshta o'yinida qatnashib, bitta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Mundo Deportivo