Arab chempionlar kubogi. Ronaldudan gol, Al Nassrdan yirik g'alaba

Alisher
1 avg 2023
An Nascr klubi Arab chempionlar kubogi 2-turida g'alabaga erishdi.

Tunisning Monastir klubiga qarshi kechgan o'yinda Saudiya Arabistoni klubi yirik hisobda zafar quchdi. Krishtianu Ronaldu 74-daqiqada ar-riyodliklarning 2-goliga mualliflik qildi. 

Al Nassr 2-turdan keyin C guruhida 4 ochko bilan to'plar nisbatiga ko'ra peshqadamlik qilmoqda. 

Arab chempionlar kubogi. 2-tur

Monastir Tunis – Al Nassr – 1:4

Gollar: 0:1 – Taliska (42), 1:1 – Lajami (66, avtogol), 1:2 – Ronaldu (74), 1:3 – Al-Amri (88), 1:4 – Al-Aliva (90).

An-Nasr: Al-Aqidi, Al-G'anam (Al-Aliva, 46), Mado (Al-Amri, 78), Lajami, Telles (Konan, 81), Brozovich, Seko Fofana, Al-G'annam, G'arib (Al-Haybari, 90+2), Taliska (Al-Hassan, 90+1), Ronaldu.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia