AQSHda APLning 6 ta klubi ishtirokida musobaqa o'tkaziladi

Sherzod Nurmatov
11 apr 2023, 11:16
Bu yil AQSHda Angliya Premer-ligasining 6 ta klubi ishtirokida mavsumoldi turnir – "yozgi seriya" bo'lib o'tadi.

Turnir iyul oyi oxirida boshlanishi va bir qancha shaharlarda o'tkazilishi kutilmoqda.

"Chelsi", "Nyukasl", "Aston Villa", "Brentford" va "Brayton" klublari ishtirok etishlarini tasdiqladilar. 

"The Athletic" xabariga ko'ra, "Lids" oltinchi jamoaga aylanishi mumkin, ammo bu jamoa Premer-ligadagi o'rnini saqlab qolgan taqdirdagina amalga oshadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic