AQSH noyabr oyida Shotlandiya bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
14 sen 2013, 14:23
15 noyabr kuni Glazgoda AQSH va Shotlandiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi, deb xabar bermoqda FIFA rasmiy sayti.
O'yin "Xempden Park" stadionida bo'lib o'tadi. Amerikalilar ustozi Yurgen Klinsmann ushbu o'yinda Yevropada o'ynayotgan bir qator legionerlarni sinovdan o'tkazib olishi mumkin bo'ladi.

- Shotlandlarga qarshi o'yin juda muhim bo'ladi, sababi Braziliyadagi Jahon chempionatiga juda ham kam vaqt qolmoqda, - deydi Klinsmann.

Eslatib o'tamiz, AQSH 2014 yilgi mundialga muddatdan oldin yo'llanmani qo'lga kiritib bo'ldi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net