AQSH Klinsmanni "Tottenxem"ga qo'yib yubormaydi

Tolibjon Qosimov
17 dek 2013
AQSH futbol federatsiyasi rahbarlaridan biri Sunil Gulati terma jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klinsmanni Villash-Boashni ishdan bo'shatgan "Tottnxem"ga qo'yib yubormasliklarini ta'kidladi.
"Klinsmanning AQSH terma jamoasi bilan erishgan muvoffaqiyatlari sabab unga ko'plab boshqa jamoalar ham qiziqish bildirayotganini esdan chiqarmayapmiz. Shuning uchun ham u bilan yangi shartnoma imzoladik. Bu to'g'ridan-to'g'ri unga Shveytsariya terma jamoasi yoki "Tottenxem"ning qiziqayotgani bilan bog'liqmas. Shunchaki biz uchun ushbu murabbiy termamiz bilan imkon qadar uzoqroq vaqt ishlashi muhim", dedi Gulati.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: soccer.ru