JCH-2026. AQSH pley-offga yo'l oldi, osiyoliklarning omadsizligi davom etadi

20 iyun 2026, 02:05
JCH-2026 "D" guruh 2-tur doirasidagi AQSH - Avstraliya o'yini yakuniga etdi.

Unda g'alabaga erishgan AQSH termasi mundial pley-off bosqichiga yo'l oldi.

AQSH - Avstraliya 2:0

Gollar: Kemeron Byordjess (11-o'z darvozasiga, 1:0), Aleks Friman (43, 2:0).

AQSH: Mett Friz, Aleks Friman, Kris Richards, Tim Rim, Serjino Dest (Jo Skalli, 80), Ueston Makkenni, Tayler Adams, Malik Tillman, Entoni Robinson (Oston Trasti, 80), Folarin Balogun (Hoji Rayt, 90+6), Rikardo Pepi (Sebastian Berxalter, 74).

Avstraliya: Patrik Bich, Jordan Bos, Kemeron Byordjess (Jeyson Geriya, 45), Xarri Sauttar, Alessandro Chirkati, Jeykob Italiano, Nishan Velupillay (Konnor Metkalf, 45), Pol Okon-Engstler (Jekson Irvayn, 78), Muhammad Ture (Nestori Irankunda, 45), Mettyu Leki (Kristian Volpato, 61), Ayden O'Nill.

Ogohlantirishlar: Jordan Bos (16), Alessandro Chirkati (32), Entoni Robinson (56), Xarri Sauttar (88), Folarin Balogun (89), Jeykob Italiano (89), Kris Richards (90+3).




O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia