APLning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum bo'ldi (+FOTO)

Aslanov Jasurbek
17 noya 2017, 16:19
Angliya Premer-ligasi rasmiy sayti Angliya chempionatining oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomini e'lon qildi.

Oktyabrdagi 3ta g'alabali o'yinda 3ta gol urib, 3ta golga assistentlik qilgan Leroy Sane o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Sanedan tashqarshi ushbu sovringa yana 5 nafar futbolchi da'vogarlik qilgan edi. E'tiboringizga ularning natijasini e'lon qilamiz.

Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti") - 3ta o'yin, 3ta g'alaba, 3ta gollik pas

Nacho Monreal ("Arsenal") - 4ta o'yin, 3ta g'alaba, 1ta mag'lubiyat

Glen Myurrey ("Brayton") - 4ta o'yin, 1ta g'alaba, 2ta durang, 1ta mag'lubiyat, 3ta gol

Nik Pop ("Byornli") - 4ta o'yin, 2ta g'alaba, 1ta durang, 1ta mag'lubiyat, 2ta quruq o'yin

Leroy Sane ("Manchester Siti") - 3ta o'yin, 3ta g'alaba, 3ta gol, 3ta gollik pas

Uilfrid Zaxa ("Kristal Pelas") - 4ta o'yin, 2ta g'alaba, 1ta durang, 1ta mag'lubiyat, 4ta gol

Premer-liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi kim?

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia