

Braziliyalik yosh futbolchi 60 million evroga baholanmoqda. U APLdagi ilk o'yinini o'tkazgan bo'lsa-da, hali Premer-ligada gol urolmadi.
Ushbu reytingda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni "Manchester Yunayted" himoyachisi Leni Yoro va "Arsenal" yarim himoyachisi Itan Nvaneri egalladi. Ikkala futbolchining transfer qiymati 55 million evroni tashkil qiladi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha kuchli beshlikka, shuningdek, "Manchester Siti" vingeri Rayan Sherki (45 million evro) va "Kristal Pelas" yarim himoyachisi Adam Uorton (40 million) kirdi.



