APLning 3 klubi Kimpembe uchun kurashadi

Sherzod Nurmatov
19 fev 2022, 20:35
Angliya klublari PSJ markaziy himoyachisi Presnel Kimpembega qiziqish bildirishyapti.

Manbaga ko'ra, 26 yoshli fransiyalik futbolchiga da'vogarlar orasida "Chelsi", "Tottenxem" va "Nyukasl" bor.

Parijliklar o'z tarbiyalanuvchisi jamoadan ketgan taqdirda,"Napoli" futbolchisi Kalidu Kulibalini sotib olish niyatida.

Kimpembe joriy mavsumda  PSJ uchun 29 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 40 million evroni tashkil qiladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News