APLning 19-turi doirasidagi o'yin boshqa kunga ko'chirildi

Mirjalol Normatov
14 yanv 2021
APLning 19-turidan o'rin olgan "Aston Villa" - "Everton" bahsi boshqa kuni o'tkaziladi.

17 yanvar kuni bo'lib o'tishi kerak bo'lgan bahs boshqa kunga qoldirilgan.

Bunga sabab sifatida Birmingem klubining koronavirus bilan bog'liq muammolari keltirildi.

Shu sababdan jamoaning APL doirasidagi "Tottenxem"ga qarshi o'yini qoldirilgan va Angliya Kubogida "Liverpul"ga qarshi yoshlar tarkibi o'ynagandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal