APLda qaysi o'yinchi eng yuqori tezlik qayd etmoqda?

Administrator
17 okt 2024, 23:47
Angliya premer ligasi futbolchilari orasida kim eng tez yugurgani haqida ma'lumot berildi.

BBC nashri  Opta Sports ma'lumotlariga asoslangan holda APLdagi eng tezlikda qayd etgan futbolchilarni ma'lum qildi. Ushbu mavsum APLda eng yuqori tezlikni "Tottenxem" futbolchisi Mikki van de Ven qayd etgan – 37.1 km/soat. Keyingi o'rinda Karlush Borjesh ("Vulvz") – 36,6 km/soat. "Nottingem" o'yinsisi Entoni Elanga 35,9 km/soat bilan uchinchi o'rinni band etgan.

Angliyaning boshqa top klublaridagi eng tez yugurgan futbolchilar:

Man Siti – Erling Xoland (35,7 km/soat)

Arsenal – Gabriel Martinelli (35,6 km/soat), 

Manchester Yunayted – Alexandro Garnacho (35,5 km/soat), 

Chelsi – Pedru Netu (35,4 km/soat), 

Liverpul – Trent Aleksander-Arnold (34,7 km/soat).

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: BBC