APLda noodatiy rekord o'rnatildi

Eldor Akmurzayev
20 may 2021, 20:48
Angliya chempionatining joriy mavsumi mezbonlardan ko'ra, mehmon jamoalarning ko'proq g'alabasi bilan tugaydi.

Musobaqa oxirgi turi oldidan mehmonlar 150 bor zafar quchgan, maydon egalari hisobida esa 137 g'alaba mavjud. Agar 38-turda mezbonlar barcha 10 ta uchrashuvda muvaffaqiyat qozonsa ham o'rtadagi tafovutni yo'qqa chiqarib bo'lmaydi.

Opta portali hisob-kitobiga ko'ra, bunday farq APL tarixida ilk bor yuz berdi. Bunga tribunadagi muxlislarning yo'qligi ham sabab bo'lgani aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta