APLda muxlislar kirishiga ruxsat berilgan stadionlar qolmadi

Eldor Akmurzayev
30 dek 2020, 21:20
Koronavirus bilan bog'liq holat engillashgan vaqtda chempionatdagi 10 jamoaga ishqibozlarni qaytarish uchun ruxsat berilgandi.

Keyinchalik COVID-19 yangi shtammi bilan bog'liq holatlar tufayli ularning soni qisqartirildi va bunday imkoniyat faqatgina ikki Mersisayd klubiga taqdim etildi – “Everton” hamda “Liverpul”ga.

Biroq, endi “Gudison Park” va “Enfild” stadionlari ham muxlislar uchun yopildi. Qayd etilishicha, APLda muxlislarsiz o'yinlar kamida fevralgacha davom etadi.

Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports