"Tottenxem" "Manchester Siti"ni mag'lub etib, birinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Eldor Akmurzayev
22 noya 2020
Angliya chempionati 9-turidan o'rin olgan markaziy bahslardan biri 22:30 da start oladi va saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.

"Tottenxem" – "Manchester Siti" 2:0

22.30, Tottenxem Xotspur Stedium

 Gol:
5 - Son Xyon Min 1:0, 65 - Jovani Lo Chelso 2:0

"Tottenxem" – Loris, Regilon, Ore, Alderveyreld, Dayer, Sissoko, Xeyberg, Son Xyon Min, Ndombele, Bergveyn, Keyn.

"Manchester Siti" – Ederson, Laport, Joau Kanselu, Ruben Diash, Uoker, de Bryuyne, Bernardu Silva, Marez, Rodri, Ferran Torres, Gabriel Jezus.


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi. 

Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa qo'shib berdi

90. UXXXXXXXXX. Mehmonlar futbolchisi boshi bilan kuchli zarba yo'lladi, Lorisdan seyf

90. Ogohlantirish. Hakam Keynga ham sariq kartochka ko'rsatmoqda.

89. Keyn burchakka o'tib olib, to'pni ushlash bilan band.

88. Ogohlantirish. Torres qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi

82. O'zgarish.  Alderveyreld o'rniga Rodon maydonda harakat qiladi

80. Uchrashuvda to'xtalish. Mezbonlar himoyachisi Alderveyreld maydonda yotibdi. Niderlandiyalik katta ehtimol bilan maydoni tark etadi

73. O'zgarish: Lukas Moura Bergveynni alishtirdi

72. O'zgarish: Marez va Bernardu Silva maydoni tark etdi, ularning o'rniga Foden va Sterling maydonga tushdi.

65. GOOOOOOOOL. Hozirgina maydonga tushgan Jovani Lo Chelso hisobni o'zgartidi.

65. O'zgarish: Mezbonlar safida harakat qilgan Tangi Ndombele o'rniga Jovani Lo Chelso

60. ZARBAAAA. Yana o'sha de Bryuyne. U jarima maydonchasiga kirdi va zarba yo'lladi, biroq to'p yo'l yo'lakay himoyachilarga tegib, burchakka chiqib ketdi

55. de Bryuyne yana bir bor jarima maydonchasiga kirib bordi, biroq uning uzatmasi noaniq  

51. ZARBAAA. Tinib tinchimas de Bryuyne yana bir bor kuchli zarba yo'lladi, biroq zarbaga biroz aniqlik yetishmadi

49. Mehmonlar ikkinchi bo'limda to'liq kuch bilan xujumga o'tishmoqda

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Birinchi 45 daqiqalikda mehmonlar ustunlikka ega bo'lishdi, biroq uchrashuvdagi yagona golni hozircha mezbonlar urishdi

Hakam birinchi bo'limga ikki daqiqa qo'shib berdi 

41. UXXXXXX. Taym so'nggida Man Siti hisobni tenglashtirishi mumkin edi. Biroq Jesusning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi

40. Birinchi bo'lim yakunlanishga besh daqiqa qolmoqda. Darvozaga yo'llangan zarbalar soni 1:9. Hisob esa 1:0...

34. Keynga nisbatan mehmonlar juda qo'pol o'ynashmoqda...

Mayk Din VARga yo'l oldi va hakamning qaroriga ko'ra to'p Jezusning qo'liga tekkan va gol hisobga olinmadi

27. GOOOOOOOL. Laporte hisobni tenglashtirdi, biroq VAR ishga kirishdi.

21. To'pga egalik qilish borasida 69% -31% Man Siti foydasiga, biroq hozircha mehmonlar deyarli hech qanday imkoniyatga ega bo'lishmadi 

15. ZARBAAA. Mehmonlar jarima zarbasi ishladi va de Bryuyne yaxshi uzatmani amalga oshirdi. Rodrining zarbasi to'g'ri Lorisning qo'liga borib tushdi.

13. GOOOOOOOOOL. Son Xyon Min Keynni bo'sh darvozaga olib chiqdi, biroq yon hakam bayroqchasini ko'tardi va gol hisobga olinmadi

9. ZARBAAA. de Bryuyne jarima maydonchasining ichida kuchli zarba yo'lladi, biroq to'p jamoadoshiga tegib chiqib ketdi.

Ndombele ajoyib tarzda uzatmani amalga oshirdi va Son Edersoning oyoqlari orasidan to'pni o'tkazib, hisobni ochmoqda,

5. GOOOOOOOOOOOOL. Son xisobni ochmoqda....

Uchrashuv boshlandi

Uchrashuv 21:30 da boshlanadi 



Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia