APL. "Tottenhem" 4-pog'onaga ko'tarildi

4 noya 2018, 07:23
APL 11-turida "Tottenhem" futbolchilari safarda “Vulverxempton”ni taslim etdi.

Uchrashuvda Pochettino shogirdlari uch to'p farqi bilan oldinga o'tib olishgach, tashabbusni raqibga berib qo'yishdi. Natijada mezbonlar yarim himoyachisi Ruben Nevesh penaltidan gol kiritgan bo'lsa, hujumchi Raul Ximenes oradagi farqni bitta golgacha qisqartirdi - 2:3.

Ushbu g'alabadan keyin "Tottenhem" 24 ochko bilan turnir jadvalining 4-pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, "Vulverxempton"15 ochko bilan 11-pog'onani band etgan.

Vulverxempton – Tottenxem 2:3 (0:2, 2:1)

Gollar: 0:1 – 27 Lamela, 0:2 – 30 Lukas Moura, 0:3 – 61 Keyn, 1:3 – 68, penalti Ruben Nevesh, 2:3 – 79, penalti Ximenes.

Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Bennett, Koudi, Boli, Doerti, Moutinyu (Gibbs-Uayt, 62), Ruben Nevesh, Kastro, Elder Koshta (Traore, 84), Ximenes, Kavaleyru (Leo Bonatini, 62).

Tottenxem –Loris, Tripper, Foyt, Alderveyreld, Devis, Uinks, Dembele (Son Xyn Min, 7; Eriksen, 59), Sissoko, Lamela, Lukas Moura (Sanches, 79), Keyn.

Ogohlantirish: Bennett (24), Foyt (78), Uinks (87).

                                              APL turnir jadvali bilan tanishing

                                                    APL to'pururlari ro'yhati

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia