APL tarixidagi eng omadsiz transferlar o'nligi e'lon qilindi

Eldor Akmurzayev
6 may 2020, 19:55
ESPN Premer-liga tarixidagi eng yomon xaridlardan iborat TOP-10 ro'yxatni tuzdi.

Birinchi o'ringa senegallik hujumchi Ali Dia qo'yildi. 1996 yil “Sautgempton” uni tekinga qo'lga kiritgan edi va Dia jamoada atigi bitta o'yinda maydonga tushdi. Shuningdek, ro'yxatdan Andrey Shevchenko hamda Mario Balotelli kabi futbolchilar ham joy olgan.

1. Ali Dia (Sautgempton erkin agent sifatida, 1996)

2. Denni Drinkuoter (Lesterdan Chelsiga, 2017)

3. Riki Alvares (Interdan Sanderlendga, 2015)

4. Boshko Balaban (Dinamo Zagrebdan Aston Villaga, 2001)

5. Adrian Mutu (Parmadan Chelsiga, 2003)

6. Dani Osvaldo (Romadan Sautgemptonga, 2013)

7. Andrey Shevchenko (Milandan Chelsiga, 2006)

8. Tomas Brolin (Parmadan Lidsga, 1995)

9. Uinston Bogard (Barselonadan Chelsiga, 2000)

10. Mario Balotelli (Milandan Liverpulga, 2014).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: ESPN