APL. Oktyabr oyining oy lauretlari ma'lum bo'ldi

Khoja
9 noya 2024
Nottingem Forest klubi a'zolari Angliya Premer-ligasida oktyabr oyining eng yaxshilari bo'lishdi.

Portugaliyalik murabbiy Nunu Eshpiritu Santu Nottingem Forest boshqaruvida 3 o'yinda 2 g'alaba va bitta g'alabaga erishdi va oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

Nottingem Forest hujumchisi Kris Vud esa oktyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. U 3 o'yinda 4ta golga mualliflik qildi.

Ma'lumot uchun, Vud Nottingem Forest tarixida APLda oy futbolchisi bo'lgan ilk futbolchi bo'ldi


KhojaMuallif
Manba: fapl.ru