APL. “MYU” so'nggi daqiqalarda g'alabani boy berdi

24 dek 2017, 03:09
APL 19-turida “Lester” maydoniga safar uyushtirgan “qizil iblislar” tayyor g'alabani qo'ldan chiqarishdi.

Uchrashuvda Vardi hisobni ochgan bo'lishiga qaramay, keyinchalik Mata har ikkala bittadan gol urib jamoasining uch ochko sari yaqinlashtirgandi. Ammo bellashuvning so'nggi daqiqalarida Magir De Xea darvozasini ishg'ol etib, peshqadamni taqib etayotgan “qizil iblislar”ni g'alabadan mahrum qildi.


Lester – Manchester Yunayted 2:2 (1:1, 1:1)

Gollar: 1:0 – 27 Vardi, 1:1 – 40 Mata, 1:2 – 60 Mata, 2:2 – 90 Maguayr.

Lester – Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson (Amarti, 57), Maguayr, Ndidi, Iborra (Okadzaki, 67), Grey (Chiluell, 80), Marez, Olbrayton, Vardi.

ManchesterYunayted –De Xea, Smolling, Lindelef, Djons, Mata (Mxitaryan, 83), Yang, Pogba, Matich, Lingard (Errera, 76), Marsyal (Reshford, 71), Lukaku.

Ogohlantirish: Lindelef (34), Matich (47), Olbrayton (54), Amarti (69), Marez (81).

Chetlatish: Amarti (73).

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia