

O'yinda Pep Gvardiola shogirdlarining qo'li baland keldi. "Shaharliklar" safida gollarga Serxio Aguero va Kevin de Bryuyne mualliflik qildi. Shu tariqa "Manchester Siti" hisobidagi ochkolar sonini 41 taga etkazib oldi. Mavsum avvlidagi fikrlar, taxminlar o'zini oqlamadi. Gvardiola yana Klopp jamoasiga raqobat qilishi kutilgandi. Ammo jamoalar yangi yilga musobaqa jadvalidagi 14 ochkolik tafovvut bilan o'tishadi.
20-turdan keyin musobaqa jadvalidagi holat bilan tanishing.
Manchester Siti – Sheffild Yunayted 2:0
29 dekabr, 23.00, Etixad Stedium
Gollar:
1:0 – 52 Aguero, 2:0 – 82 de Bryuyne.
Manchester Siti – Bravo, Zinchenko, Erik Garsiya, Uoker, Fernandino, Bernardu Silva (Gyundogan, 62), de Bryuyne, Sterling (Gabriel Jezus, 88), Rodri Ernandes, Marez, Aguero (Foden, 81).
Sheffild Yunayted – Xenderson, Stivens, O`Konnell, Bashem, Boldok, Beshich (Makberni, 75), Flek, Robinson (Makgoldrik, 59), Norvud, Igan, Musse (Sharp, 83).
Ogohlantirishlar:
Bernardu Silva (59), Stivens (85).
.




