⚡️ APL. “Man Siti” yoki “Liverpul”?, “Tottenxem” yoki “Arsenal”?, “Byornli” yoki “Lids”?, MYU yoki “Vest Xem”?, Saloh yoki Son?

Eldor Akmurzayev
22 may 2022, 08:50
Bugun Angliya chempionati 2021/22 yilgi mavsumining oxirgi turi bo'lib o'tadi.

Barcha uchrashuvlar 20:00 da start oladi.

Bugun bir qator masalalarga oydinlik kiritiladi:

Chempion nomi – “Man Siti” (90 ochko), Liverpul (89 ochko);

Kuchli to'rtlikdan joy oladigan jamoa – “Tottenxem” (68 ochko), “Arsenal” (66 ochko);

Yevropa ligasiga yo'l oladigan jamoa – MYU (58 ochko), “Vest Xem” (56 ochko);

Quyi divizionga tushib ketadigan jamoa – “Byornli” (35 ochko, to'plar farqi -18), “Lids” (35 ochko, -38);

To'purar nomi – Muhammad Saloh (“Liverpul”, 22 gol), Son Xyon Min (“Tottenxem”, 21);

Eng yaxshi assistent nomi – Muhammad Saloh (“Liverpul”, 13 assist), Trent-Aleksandr Arnold (“Liverpul”, 12 assist);

"Oltin qo'lqop" sohibi - Ederson ("Man Siti", 20 "quruq" o'yin), Alisson ("Liverpul", 20)

TUR TAQVIMI

TURNIR JADVALI

ASSISTENTLAR RO'YXATI

Avvalroq, Kevin de Bryuyne mavsum futbolchisi bo'lgani, Fil Foden esa qatorasiga ikkinchi marotaba "eng yaxshi yosh futbolchi" nominaciyasida g'olib bo'lgani xabar berilgandi. 

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling!

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia