APL klubiga MLS to'purari kerak

Alisher
20 sen 2019, 18:50
"Atlanta Yunayted" hujumchisi Jozef Martines faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

"Nyukasl" Martinesni diqqat bilan kuzatmoqda va u bilan yanvarda muzokaralarni boshlashi mumkin.

Venesuelalik forvard "hakkalar"ning qishki transferlar oynasidagi asosiy maqsadlaridan bo'lib turibdi.

Martines joriy mavsum 27ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol urishga erishgan.

Futbolchi hozirda MLSdagi eng yaxshi to'purar bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Chronicle