APL klubi prezidenti: “Mavsum tiklanmasa, avgustga kelib bankrot bo'lamiz”

Eldor Akmurzayev
5 apr 2020, 20:30
“Byornli” rahbari Mayk Garlik Premer-liga bu mavsumi davom etmaydigan bo'lsa, klubning bankrot bo'lish ehtimoli borligini aytdi.

“Agar biz mavsumni tiklamasak va keyingi mavsum uchun kelishuvlarni amalga oshira olmasak, u holda avgust oyiga qadar klubimizda pul qolmaydi. Bu fakt.

Boshqa klublar haqida gapira olmayman, barchaning moliyaviy ahvoli turlicha. Biroq, “Byornli”dagi vaziyatni ishonch bilan ayta olaman.

Shu bois, mavsumni xavfsiz yakunlash bo'yicha qaror qilganmiz. Mavsum davom etishini juda xohlaymiz. Videokonferenciyada buni bir ovozdan qo'llab quvvatladik. Barcha o'z ishini qilishni istaydi. Mavsumning tiklanishi esa APL klublari uchun eng maqbul variantdir”, deydi Garlik.

"Bernli" koronavirus tufayli qancha mablag' yo'qotishini ma'lum qildi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports