APL klubi koronavirus sabab "Liverpul"ga qarshi yoshlar tarkibi bilan o'ynashi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
8 yanv 2021, 08:36
"Aston Villa"ning asosiy tarkib futbolchilari va bosh murabbiy Din Smit Angliya Kubogi 3-bosqich doirasida "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan o'yinda ishtirok eta olishmaydi.

Sabab, klubning ko'plab futbolchi va xodimlarida koronavirus aniqlangan. 

The Daily Telegraph jurnalisti Jon Pirsining ma'lum qilishicha, agar vaziyat yanada yomonlashadigan bo'lsa birmingemliklar ushbu o'yinga yoshlardan iborat U-23 tarkibini tushirishlari mumkin. Ushbu o'yinda "Aston Villa"ni U-23 jamoasi ustozi Mark Dileyni maydonga olib tushishi ehtimoli mavjud. 


APL klubi bazasi koronavirus tufayli yopildi

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Daily Telegraph