APL klubi Andre Onanani o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
5 noya 2019, 17:47
"Tottenxem" rahbariyati Andre Onanaga qiziqish bildirmoqda.

Londonliklar 23 yoshli o'yinchiga "Tottenxem" va Fransiya terma jamoasi posboni Ugo Lorisga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Onanaga "shporlar"dan tashqari PSJ va "Manchester Yunayted" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Onananing "Ayaks" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yil o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: De Telegraaf